Kolumbiya poytaxti Bogota shahrida politsiya Milliy pedagogika universitetida namoyish o‘tkazgan talabalarga qarshi suvotar qurollar (vodomyot) hamda ko‘zni yoshlantiruvchi gazlardan foydalandi, deb Ruptly agentligi xabar berdi.
Talabalar avtobusdagi yo‘lkiralar oshganligidan, hukumatning universitetdagi menejment tizimini o‘zgartirishga harakat qilayotganidan va Avenida Caracas markaziy ko‘chasining yopilganidan norozi.
Mojaroni bartaraf qilish maqsadida binoning barcha kirish qismlari politsiyachilar tomonidan qo‘riqlanmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)