Janubiy Sudanning uch mingdan ziyod fuqarosi hukumat qo‘shinlarining chegara yaqinida joylashgan Pajok shahriga hujumi oqibatida qo‘shni Uganda davlatiga qochib o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Janubiy Sudan qo‘shinlari shaharga 4-aprel kuni erta tongda hujumni boshlagan. Shaharda 50 ming aholi istiqomat qiladi, lekin hozir qariyb bo‘shab qolgani aytilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)