Slovakiyada avtomobilning ag‘darilib ketishi oqibatida 3 o‘quvchi halok bo‘ldi, yana 6 nafari jarohatlandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
O‘quvchilar yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan qishloqdagi kottejda bo‘lgani va sinfdoshlarining tug‘ilgan kunini nishonlagani aytilmoqda. Haydovchining qonida 0,42 promille alkogol aniqlangan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari ikki versiya — 9 o‘quvchining barchasi avtomobilda bo‘lgani, shuningdek, ulardan ayrimlari mashinada bo‘lib, qolganlari voqea payti piyoda ketayotgani haqidagi taxminlarni ko‘rib chiqmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)