Xitoyning Guandun viloyatida yuk kemasi 1992-yilda qurilgan Lyansi ko‘prigiga urildi, oqibatda ko‘prik tayanchi 1,6 metrga surilib ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hodisa Chjuxay shahar okrugida yuz bergan. Kemaning uzunligi 98,8 metrni, kengligi esa 15,6 metrni tashkil etadi, u ming tonnaga yaqin yukni olib ketayotgan edi.
Jabrlanuvchilar haqida axborot yo‘q. Xabar berishlaricha, favqulodda hodisa yuz bergan joy atrofida suv transporti harakati cheklangan.
To‘qnashuv yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)