Noma’lum haydovchi avtomashinani Farg‘ona viloyati Toshloq tumanining “Besholish” mahallasida boshqarib ketayotib, piyoda 1977-yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborib, voqea joyidan ketib qoldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jabrlanuvchi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.
Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur yo‘l-transport hodisasini shu tumanda yashovchi 1986-yilda tug‘ilgan fuqaro Kamaz-5511 rusumli avtomashinada sodir etgani aniqlandi.
Gumonlanuvchi ushlanib, hozirda unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)