Iroq federal politsiyasi Mosul shahrida IShID terrorchilik guruhining “sog‘liqni saqlash vaziri” deb ataluvchi a’zosini yo‘q qildi. Bu haqda federal politsiya qo‘mondoni, general Raid Shokir Javdat ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Federal politsiya bugun IShID sog‘liqni saqlash vaziri Saydulla Abu Shuaibni yo‘q qildi”, — deyiladi bayonotda.
Ta’kidlanishicha, jangari o‘z hamrohlari bilan birgalikda Mosulning Eski dahasidagi respublika kasalxonasi yaqinida yo‘q qilingan. Bundan tashqari, Javdatning qo‘shimcha qilishicha, terrorchini yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya razvedkaning aniq ma’lumotlari asosida o‘tkazilgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)