Amerikalik harbiy xizmatchi 29-mart, chorshanba kuni Suriya shimolida vafot etdi, deb yozadi “TASS” bir guruh mamlakatlar tomonidan Suriya va Iroq hududida olib borilayotgan aksilterrorchilik operatsiyasi shtabiga tayanib.
“AQShlik harbiy xizmatchi 29-mart kuni Suriya shimolida tabiiy sabablardan vafot etgani taxmin qilinmoqda”, — deyiladi xabarda. Amaldagi qoidalarga ko‘ra, shtab AQSh hukumatiga yetkazish uchun, amerikalikning o‘limi sabablarini aniqlashtirmoqda.
Ayni paytda Suriyada Amerika maxsus bo‘linmalarining 500 nafar jangchisi, 250 nafar reynjerlar (quruqlikdagi qo‘shinlarning elita qismlari) va yana 200 dengiz piyodalari bor.
Izoh (0)