Iroq poytaxti Bag‘dodda xudkush terrorchi yuk mashinasida portlovchi qurilmani harakatga keltirdi, portlash natijasida kamida 17 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Reuters’ning politsiyadagi manbalariga ko‘ra, portlash Bag‘dod janubidagi nazorat-o‘tkazish punktida yuz bergan. Oqibatda kamida 17 kishi halok bo‘ldi, 60 ortiq odam yaralandi.
Yuk mashinasi atrofida boshqa mashinalar ham bo‘lgan, shu tufayli, portlash natijasida ularning ba’zilari yonib ketgan.
Hech qaysi terrorchilik guruhi hozircha hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q. Ammo Reuters ta’kidlashicha, bu hududda IShID jangarilari faol.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)