Mira’zam Mirqosimov Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimi lavozimidan ozod etildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Mirqosimov Yunusobodga 2016-yil oktabridan beri hokimlik qilib kelayotgan edi. Bungacha u shaharning Shayxontohur tumaniga rahbarlik qilgan.
25-martdan e’tiboran sobiq hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Sardor Qosimov Yunusobod tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarib turibdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)