Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi 2017-yilda O‘zbekistondan 5 milliard kubometr tabiiy gaz sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari uchrashuviga oid materiallarga asoslanib, UzDaily xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Gazprom” 2016-yili O‘zbekistondan 6,2 milliard kubometr gaz sotib olgan. 2017-yilgi xarid hajmi esa 5 milliard kubometrni tashkil etishi kutilmoqda.
Xabar berishlaricha, hozirda “Gazprom” O‘zbekistondan gaz sotib olish bo‘yicha o‘rta muddatli shartnoma tuzish masalasida maslahatlashuvlar olib bormoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)