Rossiyalik harbiy xizmatchilar Tojikiston qurolli kuchlari bilan hamkorlikdagi aksilterrorchilik o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashmoqda, deb yozadi “TASS”. Manyovrlar 27-mart, dushanba kuni Tojikistonning beshta poligonida boshlandi.
“27—30-mart kunlari Rossiya va Tojikiston mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik rejasiga asosan, birlashgan qo‘shinlar guruhini boshqarish bo‘yicha birgalikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilmoqda. Ikki mamlakat harbiy xizmatchilari shartli noqonuniy qurolli guruhlar bilan kurashish bo‘yicha hamkorlikdagi operatsiyalarni o‘tkazib, rejalashtirish, boshqarish va qo‘shinlarning hamkorlikda harakat qilishini mashq qilmoqda”, — deyiladi Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabarida.
Mashg‘ulotlar Tojikistonning Xatlon viloyatidagi “Harbmaydon”, “Momirak”, “Moskovskiy” poligonlarida, shuningdek, 201-harbiy bazaning “Lyaur” va “Sambuli” poligonlarida bo‘lib o‘tmoqda.
Izoh (0)