Yaponiyaning Totigi prefekturasidagi Nasu shahri hududida joylashgan tog‘-chang‘i kurortida qor ko‘chishi natijasida kamida olti nafar maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS” mahalliy yong‘in boshqarmasiga tayanib.
Bundan tashqari, uch kishi jarohat olgan, yana uch kishi bedarak yo‘qolgan.
Mamlakatda qidiruv ishlarini muvofiqlashtiruvchi shoshilinch shtab tuzildi. Shuningdek, prefektura hukumati operatsiyaga Yaponiya o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari bo‘linmalarini jalb etish uchun so‘rov yubordi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, kurort zonasida jami 66 kishi bo‘lib, shularning 50 nafari Totigining turli maktablarida o‘qiydigan yuqori sinf o‘quvchilaridir.
Izoh (0)