Kanada hukumati samolyotlar saloniga elektron qurilmalarni olib chiqishni taqiqlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda mamlakat transport vaziri Mark Garno tomonidan berilgan xabarga asoslanib, “Kommersant” ma’lum qildi.
“Biz mazkur masala yuzasidan tezkor harakat qilamiz”, — degan transport vaziri o‘z xabarida.
Avvalroq Buyuk Britaniya hukumati qirollikka olti mamlakatdan uchib keluvchi samolyotlar saloniga elektron qurilmalarni olib chiqishni taqiqlagan. Cheklov Turkiya, Livan, Iordaniya, Misr, Tunis va Saudiya Arabistonidan uchib keluvchi reyslarga taalluqli bo‘ladi.
Bundan oldin AQSh Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqning sakkiz mamlakatidan keladigan samolyotlar bortiga elektron qurilmalarni olib chiqishni taqiqlash rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi.
Cheklov noma’lum muddatga kiritiladi. AQSh tomonidan kiritiladigan taqiq terroristik xavf bilan bog‘liq.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)