Estoniyaga 20-mart, dushanba kuni NATO xalqaro batalyoni fransuz kontingentining ilk bo‘linmasi yetib keladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Mamlakat mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, birinchi bo‘linma tarkibidan 50 nafar harbiy o‘rin olgan.
NATO xalqaro batalyoni safida fransiyalik jami 300 nafar askar va zobit bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Ular Leclerc tanklari va zirhli mashinalar bilan qurollanadi.
Fransuzlar Estoniyada 8 oy davomida bo‘ladi, shundan so‘ng ularni daniyaliklar almashtiradi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)