UzMobile milliy aloqa operatori binosida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi vakillari ishtiroqida matbuot brifingi bo‘lib o‘tdi.
Aholini axborotlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni jamiyat hayotiga olib kirish bo‘yicha qilingan ishlardan xabardor qilish maqsadida tashkil etilgan tadbirda ommaviy axborot vositalari xodimlari, jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Mutasaddi tashkilotlar tomonidan qilingan ishlar sarhisobi, kelgusidagi rejalar va turli tegishli mavzulardagi savol-javoblarni o‘z ichiga olgan muloqot davomida xususan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturi doirasida UzMobile milliy aloqa operatori Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda o‘z abonentlariga internet tarmog‘ida pm.gov.uz, gov.uz hamda barcha davlat organlari saytlariga bepul ulanish imkoniyatini yaratgani haqida so‘z bordi. UzMobile tomonidan yana quyidagi saytlardan foydalanish bepul bo‘lishi ta’kidlandi:
data.gov.uz – ochiq ma’lumotlar portali;
regulation.gov.uz – me’yoriy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portali.
Mazkur aksiya tashkilotchilari O‘zbekistonning boshqa mobil aloqa operatorlari ham davlat xizmatlaridan aholining foydalanishiga qulaylik yaratish uchun imtiyozlar yaratib, bunday tashabbuslarda faol ishtirok etishiga umid bildirmoqda.
Izoh (0)