16-martning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. O‘zbekistonda 20-mart, dushanba dam olish kuni deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-mart kuni dam olish kunini 18-martdan 20-martga ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
2. Shavkat Mirziyoyev shoshilinch tibbiy yordamni takomillashtirish haqidagi farmonni imzoladi. Farmonga muvofiq, 2017-yilda tibbiy yordam xizmati uchun 1200 ta maxsus avtomobil sotib olinadi, 2019-yildan 9-1-1 xizmatining mahalliy muqobili ishga tushishi mumkin.
3. Notinch Fransiya: Fransiya janubi-sharqida litseyga hujum uyushtirildi, Xalqaro valyuta jamg‘armasining Parijdagi ofisida portlash sodir bo‘ldi.
4. Qozog‘iston iqtisodiyot vaziri: O‘zbekiston Qozog‘iston bilan investitsiyalar va bozorlar uchun kurash olib boradi. “O‘zbekistonning mustahkamlanishi biz uchun aniq chaqiriq bo‘ladi”.
5. Toshkent chorrahalaridagi kameralar 36 soatda 10 mingdan ziyod qoidabuzarlikni qayd etdi. Kamera o‘rnatilgan chorrahaga yashil chiroqda kirib, undan chiqishga ulgurmagan haydovchilar jarimaga tortiladimi? Kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan chorrahani inspektor buyrug‘i bilan qizil chiroqda kesib o‘tgan haydovchilar jarimaga tortilmaydi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)