Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

15-martdan ishga tushgan Toshkent chorrahalaridagi kameralar 16-martning soat 12:00 gacha bo‘lgan vaqtida 10 mingdan ziyod qoidabuzarlikni qayd etdi. Bu haqda 16-mart, payshanba kuni Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida ma’lum qilindi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qoidabuzarliklarning 4,9 mingdan ortig‘ini svetoforning qizil chirog‘idan harakatlanish, 4,1 mingdan ziyodini tezlikni me’yoridan oshirganlik holatlari tashkil etgan.

Avval xabar berilganidek, kameralar o‘z faoliyatining dastlabki bosqichida faqat ikki qoidabuzarlik — svetoforning qizil chirog‘idan harakatlanish va tezlikni belgilangan me’yoridan oshirish huquqbuzarliklarini qayd etadi.

Aniqlangan huquqbuzarlik to‘g‘risidagi hujjatlar “O‘zbekiston pochtasi” kompaniyasi tomonidan transport vositasi egasining yashash manziliga yuboriladi. Haydovchi ma’muriy jarimani 60 kun ichida to‘lashi shart. Agar jarima o‘z vaqtida to‘lanmasa, transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtiriladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?