Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xonanda Dilso‘z ayrim hollarda san’atni tark etish istagi paydo bo‘lishini bildirdi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz”.

Foto: “Darakchi.uz”

Foto: “Darakchi.uz”

Jurnalist Jasur Hamroyevning: “San’atdagi nohaqlikni nimada ko‘rasiz?”, degan savoliga xonanda quyidagicha javob berdi:

San’atda tanish-bilishchilik avj olgan. Kimningdir tanishi bo‘lganidan, kimningdir orqasidan ko‘tarilish san’at olamida ko‘p uchraydi. Iste’dodli bilan iste’dodsiz yuzma-yuz kelganida, kattaroq tanishi bor iste’dodsiz yutib ketadi. Chunki iste’dodli insonning orqasida hech kim — na tanishi, na pul bor. Mana shunday holatlarni ko‘rganimda san’atdan voz kechib, hammasiga qo‘l siltab ketgim keladi.

Tanishining orqasidan ko‘tarilgan, nimagadir erishgan inson avvalo o‘ziga: “Men shunga munosibmanmi?”, degan savolni berishi kerak. Agar o‘sha odam olgan mukofotiga munosib bo‘lsa, hamma tan beradi. Lekin munosib bo‘lmasa, izlanib, o‘z mehnati bilan ko‘tarilayotgan boshqa san’atkorlar oldida vijdoni qiynalishi kerak.

Dilso‘z, xonanda

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi