Xonanda Ziyoda ikkinchi marta ona bo‘ldi. Bu haqda aktrisa Rayhon Ulasenova Instagram’dagi sahifasida tabriknoma qoldirgan.
“Yana bir o‘g‘il farzand muborak! Umri bilan bergan bo‘lsin!”, — deb yozgan Rayhon Ulasenova o‘z tabriknomasida.
Ma’lum bo‘lishicha, Ziyoda bugun, 11-mart kuni tongda Toshkentdagi 6-tug‘uruqxonada ikkinchi farzandini dunyoga keltirgan.
Ziyodaning to‘ng‘ich o‘g‘li ismi Kamron bo‘lib, u 2013-yil oktabrida tug‘ilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)