Xonanda Rayhon bundan buyon “Milliy TV” telekanalidagi “Xit-parad” ko‘rsatuviga boshlovchilik qilmaydi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
Instagram’da Rayhonning muxlislaridan biri nima uchun u ko‘rsatuvning shanba sonida chiqish qilmagani haqida savol bergan. Bunga Rayhon: “Boshqa kutmang”, — deb javob qoldirgan.
“Darakchi.uz” mazkur holat yuzasidan xonandaning o‘zi bilan bog‘langan.
Bunga izoh berishni istamayman. “Milliy TV” menga o‘zimni boshlovchi sifatida sinab ko‘rish imkonini bergani uchun minatdorchilik bildiraman.“Darakchi.uz”ning yozishicha, Rayhonning teleboshlovchiligi juda ko‘p tanqidlarga uchragan. Ayni vaqtda, xonanda o‘z tanqidchilariga: “Yoqmasa, ko‘rma!”, — qabilida javob qaytargan edi.Rayhon, xonanda
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)