Xonanda Dilso‘z ayrim hollarda san’atni tark etish istagi paydo bo‘lishini bildirdi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
Jurnalist Jasur Hamroyevning: “San’atdagi nohaqlikni nimada ko‘rasiz?”, degan savoliga xonanda quyidagicha javob berdi:
San’atda tanish-bilishchilik avj olgan. Kimningdir tanishi bo‘lganidan, kimningdir orqasidan ko‘tarilish san’at olamida ko‘p uchraydi. Iste’dodli bilan iste’dodsiz yuzma-yuz kelganida, kattaroq tanishi bor iste’dodsiz yutib ketadi. Chunki iste’dodli insonning orqasida hech kim — na tanishi, na pul bor. Mana shunday holatlarni ko‘rganimda san’atdan voz kechib, hammasiga qo‘l siltab ketgim keladi.“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!Tanishining orqasidan ko‘tarilgan, nimagadir erishgan inson avvalo o‘ziga: “Men shunga munosibmanmi?”, degan savolni berishi kerak. Agar o‘sha odam olgan mukofotiga munosib bo‘lsa, hamma tan beradi. Lekin munosib bo‘lmasa, izlanib, o‘z mehnati bilan ko‘tarilayotgan boshqa san’atkorlar oldida vijdoni qiynalishi kerak.
Dilso‘z, xonanda
Izoh (0)