O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan, 6-mart kuni davlat tashrifi bilan Ashxobodga keldi, deya xabar bermoqda.
Kunning birinchi yarmidagi rasmiy marosim va muzokaralardan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. Faxriy mehmonlar xiyoboniga ko‘chat o‘tqazdi.Bu xiyobonga O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2007-yilda ko‘chat o‘tqazgan edi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston davlat rahbari Turkmaniston birinchi prezidenti Saparmurat Niyozov maqbarasiga gul qo‘ydi. “O‘tganlarning ruhi poklariga Qur’on tilovat qilindi”, — deyiladi O‘zA axborotida.
Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga davlat tashrifi davom etmoqda. “Turkman davlat xabarlari” agentligining yozishicha, 7-mart kuni prezidentlar Lebap viloyatidagi temiryo‘l va avtomobil ko‘priklarining tantanali ochilish marosimida qatnashadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)