Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 3-mart kuni xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashining 34-sessiyasi bo‘lib o‘tgan.
Unda tashkiliy masala ko‘rilib, deputatlar viloyat hokimining hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Bahrom Egamberdiyevni lavozimidan ozod etish haqidagi qarorini tasdiqlagan.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari nima uchun ishdan olingani, uning o‘rniga kim tayinlangani haqida qo‘shimcha axborot berilmagan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)