AQShda infratuzilmani yangilash bo‘yicha yangi dasturni ishga tushirish uchun 1 trillion dollar talab qilinadi. Bu haqda prezident Donald Tramp o‘zining AQSh kongressiga murojaati chog‘ida aytib o‘tdi, deb yozadi “RBK”.
U kongressmenlardan transport infratuzilmasini o‘zgartirishni o‘z ichiga oluvchi yangi rejani ma’qullashni so‘radi. Uning so‘zlariga ko‘ra, infratuzilmaning eskirgan va “vayron bo‘layotgan” obyektlari “butun mamlakat bo‘ylab nur sochadigan yangi yo‘llar, ko‘priklar, tunnellar, aeroportlar va temir yo‘llar bilan almashtiriladi”.
Trampning ta’kidlashicha, AQSh ilgarilari xorijda harbiy harakatlar olib borishga ancha ko‘p mablag‘ sarflagan. Ularning barchasi milliy ahamiyatga ega obyektlarni qo‘llab-quvvatlashga sarflanishi mumkin edi. “Bu yerdagi infratuzilma vayron bo‘layotgan bir paytda Amerika Yaqin Sharqda taxminan 6 trillion dollarni xarj qildi”, — dedi prezident.
Uning qayd etishicha, yangi dasturning ahamiyati shundaki, uning yordamida “millionlab” amerikaliklar yangi ishlarga joylasha oladi.
Izoh (0)