Amerikaning Kolorado shtati ekologlari keng o‘rmon maydonlari shiddat bilan yo‘q bo‘lib ketayotgani haqida ma’lum qildi, deb yozadi National Geographic. Yigirma yil ichida po‘stloqxo‘r qo‘ng‘izlar 2 million gektarga yaqin hududdagi daraxtlarni nobud qilgan.
Ko‘p yillar davomida Kolorado doimiy qurg‘oqchilikdan aziyat chekib keladi, bu daraxtlarni zaiflashtirib qo‘ygan. Shu bilan birga, Koloradodagi o‘rmonlar bir-biriga yaqin joylashgan daraxtlardan iborat, bu esa zararkunandalar uchun yanada qulay sharoit yaratadi. Natijada qo‘ng‘izlar misli ko‘rilmagan faollik bilan yashil ekinlarni payhon qilishga kirishdi.
AQSh tabiatni muhofaza qilish muassasalari o‘rmonlarni qutqarish bo‘yicha kuchlarini birlashtirdi. Dastur o‘z ichiga yong‘inga qarshi kurash, jonsiz daraxtlarni kesish, o‘simliklarga qo‘ng‘izlarga qarshi ishlov berish va boshqalarni oladi. Ammo shunga qaramay, zararkunandalar bir qadam oldinda bormoqda. So‘nggi 7 yil ichidayoq Kolorado 834 ta daraxtdan ayrildi, ya’ni bu yerda har o‘n to‘rtinchi daraxt jonsiz hisoblanadi.
Izoh (0)