Niderlandiyaning Neymegen shahrida 99 yoshli Enni ismli ayol politsiyaga qo‘liga kishan taqish va qamoqqa joylashtirish haqidagi antiqa iltimos bilan murojaat qildi. Bu haqda mahalliy politsiyaning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Politsiya tomonidan joylashtirilgan fotolardan Enni mamnun bo‘lganini payqash mushkul emas.
Tarmoq foydalanuvchilari keksa ayolga istagini ro‘yobga chiqarishga monelik qilmagani uchun politsiya xodimlariga minnatdorlik bildirgan.
Izoh (0)