Avstraliyalik shifokorlar dunyodagi eng zaharli hisoblanadigan sidney o‘rgimchagi chaqib olgan bolaning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Hodisa mamlakatning janubi-sharqida joylashgan Berkli Veyl shahrida yuz berdi. O‘n yashar Metyu Mitchel otasiga omborni tartibga keltirishga yordam berayotgan vaqtda to‘satdan barmog‘ida og‘riq sezdi. Tez orada bolada tutqanoq boshlangan va og‘zidan ko‘pik kela boshlagan.
Otasi bolani tezda mahalliy kasalxonaga olib borgan va u yerda bolaga zaharlanishga qarshi 12 ta ukol qilingan. Qo‘llanilgan doza meyordagidan uch marta yuqori bo‘lgan.
Hodisa joyidan topilgan sidney o‘rgimchagi Avstraliya reptiliyalar bog‘iga yuborilgan. U yerda o‘rgimchakning zahari to‘liq olib tashlanadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)