• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori kimlarning qo‘lida?

    Rieltorlik tashkilotlari xodimlari fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori rasmiy vakillari hissasiga oldi-sotdilarning atigi 20 foizi, “qora maklerlar”ga esa qolgan qismi to‘g‘ri kelmoqda.

    Mazkur bozorda yuzaga kelgan vaziyat haqida “Ekonomicheskoye obozreniye” jurnali muxbiri Rieltorlik tashkilotlari assotsiatsiyasi ijrochi direktori Abdumalik Aliyev bilan suhbatlashdi.

    Foto: “Stroyka.uz”

    Foto: “Stroyka.uz”

    — 2011-yil iyunida O‘zbekistonda “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan, mazkur hujjatda ko‘chmas mulk bozori qatnashchilari (sotuvchilar va xaridorlar, ijaraga beruvchilar va ijaraga oluvchilar) hamda rieltorlar — xizmatlarning professional yetkazuvchilari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishi ko‘zda tutilgan edi. Shu maqsadda rieltorlik faoliyatining litsenziyalanishi joriy etilgan, rieltorlik xizmatlari toifalari o‘rnatilgan, rieltorlik tashkilotlari va rieltorlarga (xususiy tadbirkorlarga) minimal talablar belgilangan, rieltorlik tashkilotlarining davlat tizimlari, uy-joy kommunal xo‘jaliklari, o‘z-o‘zini boshqarish organlari bilan munosabatlari aniqlangandi.

    Biroq afsuski, rieltorlik xizmatlarining professional subyektlari hamon kamchilik bo‘lib qolmoqda va sohani faoliyatini noqonuniy amalga oshirayotgan minglab “maklerlar” bilan bo‘lishishga majbur bo‘lmoqda.

    — Ko‘chmas mulk haqidagi ma’lumotlar, ya’ni hujjatlar to‘plash huquqiga faqat rieltorlik tashkilotlari ega, to‘g‘rimi?—Ma’lumotlarni to‘plashga faqat rieltorlik tashkilotlari haqli, chunki xizmatlar ko‘rsatishga shartnoma ham ular bilan tuziladi. Biroq qonunning bu bandini chetlab o‘tish oson va bundan mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish uchun hech qanday tegishli hujjati bo‘lmaganlar ham foydalanmoqda. Buning uchun ma’lumot to‘plashga notarial ishonchnoma rasmiylashtiriladi, xolos. Bunday vaziyat ko‘chmas mulk bozorining asosiy qismi “qora rieltorlar” tomonidan egallab olinishiga sabab bo‘lmoqda, bu esa juda katta mablag‘ni tashkil etadi.

    Tahliliy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yil 1-oktabr holatiga turli saytlarda 10 mingga yaqin kvartira o‘rtacha 40 ming dollar narx bilan sotuvga qo‘yilgan, ularning jami qiymati taxminan 400 million dollardan iborat. Vositachilarning xizmat haqi 3 foizni, ya’ni 12 million dollarni tashkil etadi. Bu mablag‘dan noqonuniy bozorga 9,6 million dollari to‘g‘ri kelmoqda. Bu mablag‘dan soliq to‘lanmaganligidan tashqari, ularning nimaga sarflanishi ham noma’lum, chunki davlat nazoratidan chetda.

    “Qora maklerlar” tomonidan xizmatlar narxining minimal darajaga tushirilishi mijozlar bilan shartnoma tuzadigan va tashkilotni tutib turish, litsenziya, xodimlarni o‘qitish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni zimmasiga oladigan rieltorlik tashkilotlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu tariqa qonun doirasida ish ko‘radigan rieltorlik tashkilotlarining faoliyati barbod qilinmoqda.

    Ularning soni esa, ayniqsa, mintaqalarda shunday ham yetarli emas. Masalan, o‘tgan yil 1-iyunidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlariga atigi 4 tadan, Surxondaryoga 3, Sirdaryoga esa 2 ta litsenziya to‘g‘ri kelmoqda. 

    Bunday vaziyat yaxshilikka olib kelmaydi, chunki ko‘chmas mulk egalari turli firibgarlar uchun nishonga aylanishi mumkin. Bu sotuvchilarga ham, xaridorlarga ham tegishli. Ular o‘zlari deyarli bilmaydigan, tanimaydigan insonning qo‘liga hujjatlarini topshirib qo‘yadi. Agar u birdaniga g‘oyib bo‘lsa yoki biror kor-hol yuz bersa, ko‘chmas mulk hujjatlarini qaytarishning iloji bo‘lmaydi. Mijoz aldansa, aybdorni topish o‘ta mushkul. “Qora maklerlar”dan farqli ravishda, rieltorlik tashkiloti rasman shartnoma tuzadi va o‘z harakatlari uchun to‘liq javob beradi.

    — Assotsiatsiya “qora maklerlar”ga qarshi kurash uchun qanday choralar ko‘rmoqda?— Biz barcha manfaatdor davlat tizimlari bilan hamkorlik qilmoqdamiz. Ko‘chmas mulk bozoridagi noqonuniy faoliyatga chek qo‘yish yuzasidan ishlar olib borilayotgan bo‘lsa ham, natijalar juda kamtarona. Assotsiatsiya rieltorlik tashkilotlari orqali ijtimoiy tarmoqlarda ko‘chmas mulk obyektlari haqida ma’lumotlar almashiladigan guruhlarga ega “qora maklerlar” haqida axborotlar to‘plagan. Biroq bu ma’lumotlar talab etilmay qolib ketyapti.

    — Ko‘chmas mulkning rasmiy bozori murakkab davrni boshdan kechirayotgani haqida aytish mumkin. Bu vaziyatdan chiqishning qanday yo‘llarini ko‘rmoqdasiz?— Oliy Majlis Qonunchilik palatasi boshqa qonunlar bilan bir qatorda “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning ham monitoringini o‘tkazmoqda. Assotsiatsiya tomonidan uning ayrim moddalarini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar kiritilgan. Ularda bugungi kunda ko‘chmas mulk bozorida yuzaga kelgan holat hisobga olingan.

    Xulosa o‘rnida mazkur bozorda tartib o‘rnatish bo‘yicha davlat darajasida tegishli hujjatlar qabul qilish vaqti allaqachon kelganini ta’kidlab o‘tishni istardim.

    “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

    25.02.2017, 14:33   Izoh (0)   64434
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qarshida yiliga 25 mingta televizor ishlab chiqaradigan korxona ishga tushadi. Shavkat Mirziyoyev korxona mahsulotlari narxini arzonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma b...

    25.02.2017, 14:01

    Qarshi tumanida 4 mln dollarga chiqindilarni qayta ishlovchi majmua ishga tushiriladi

    25.02.2017, 13:43

    Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoda amalga oshirilayotgan dori-darmon ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishdi

    25.02.2017, 13:25

    Qarshi shahrining Jayxun ko‘chasida 25 ta besh qavatli turar joy binolari quriladi

    25.02.2017, 13:03

    Yangiqo‘rg‘onda bir kunda 10 dan ortiq arazlashgan oila tiklandi

    25.02.2017, 12:56

    Qarshidagi eski “Nasaf” stadioni o‘rnida suzish havzasi qurilmoqda. Shavkat Mirziyoyev majmuada barcha qulayliklarni yaratish haqida ko‘rsatma berdi

    25.02.2017, 12:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Braziliya AQSH tarif choralari tufayli JSTga shikoyat kiritdi

    Dunyo | 12 avgust, 00:15

    “Agar men bo‘lmaganimda, Putin hozir hech kim bilan gaplashmasdi ham” — Tramp

    Dunyo | 11 avgust, 23:50

    Boshidan o‘q yegan kolumbiyalik senator vafot etdi

    Dunyo | 11 avgust, 23:40

    AQSH maxfiy xizmati Putin va Tramp uchrashuvidan oldin Ankorijda bir uyni ijaraga olgan — NYT

    Dunyo | 11 avgust, 23:31

    Tramp Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan gaplashadi

    Dunyo | 11 avgust, 23:20

    Andijonda Damas 9 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 23:10

    “Xotiramni yo‘qotib qo‘yishni istagandim” — aktrisa Huvaydo Jumayeva oila sabab san’atdan ketishga rozi bo‘lgani haqida gapirdi (video)

    Shou-biznes | 11 avgust, 23:00

    Toshkentdagi “Uch qahramon” bozorining 40 foizi yonib ketgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 22:53

    O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot hajmi yalpi ichki mahsulotning 35 foiziga tengligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 22:40

    Janubiy Xitoy dengizida Xitoy va Filippin kemalari to‘qnashdi (foto, video)

    Dunyo | 11 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.