Toshkentning Chilonzor tumanida, Oliy xo‘jalik sudi binosiga tutash binosida 23-fevral, payshanba kuni yirik yong‘in kelib chiqdi. Yong‘in aynan qaysi binoda yuz bergani aniq emas (ba’zilar bino Oliy xo‘jalik sudiniki, boshqalar Toshkent viloyat prokuturasiniki ekanini yozgan; “bu turar joy binosi” deganlar ham bor).
Favqulodda hodisa yuz bergan vaqtda bino ichida qancha odam bo‘lgani noma’lum. Hodisa oqibatida jabrlanganlar borligi aytilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ulashilgan fotosuratlarda o‘t o‘chiruvchilar bino ichidagi odamlarni qutqarayotganini ko‘rish mumkin.“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)