Janubiy Koreya prokuraturasi lavozimidan chetlatilgan Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xening sobiq kotibi U Byon Uni so‘roq qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
U Byon U prezidentning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha kotibi bo‘lgan va davlat rahbarining dugonasi Chxve Sun Sil atrofidagi korrupsiyaviy mojaroga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Jumladan, prokuratura U Byon Uni prezidentning dugonasiga xalaqit berishga uringan xodimlarni bo‘shatish yoki lavozimini pasaytirishda ayblamoqda.
Shuningdek, tergovchilar sobiq kotibni oilasiga tegishli rieltorlik kompaniyasi mablag‘larini o‘zlashtirish va o‘g‘lining armiya xizmati sharoitlarini yengillashtirish uchun ta’sir o‘tkazishda gumon qilmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)