AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens Donbassdagi qurolli nizo uchun Rossiya javobgar ekanini ma’lum qilib, Rossiyadan Minsk kelishuvlariga rioya etishni talab qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
“Qo‘shma Shtatlar, hamkorlik uchun asoslar izlayotganimizga qaramay, xuddi avvalgidek Rossiyani javobgarlikka chaqiradi”, — dedi Pens xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasidagi chiqishida.
O‘z nutqi davomida Pens AQSh NATO bo‘yicha o‘z ittifoqchilarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ham aytib o‘tdi.
Watch @mike_pence's full address to the annual international security conference in Munich https://t.co/ObtU73alva
— Sky News (@SkyNews) February 18, 2017
Rossiya Senatining xalqaro aloqalar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Konstantin Kosachev AQSh vitse-prezidentining nutqidan hafsalasi pir bo‘lganini ma’lum qildi.
“Ukraina masalasi bo‘yicha Minsk kelishuvlarining bajarilishi uchun javobgarlik faqat Rossiya zimmasida ekani haqidagi bu nuqtai nazar hafsalani pir qildi”, — deya Kosachevning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “Interfaks”.
Avvalroq Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser AQSh prezidenti Donald Tramp Qrim Ukraina tarkibiga qaytishiga umid qilayotganini aytib o‘tgan edi. Keyinroq Trampning o‘zi esa “Rossiya Qrimni tortib olgani” haqida tvit yozgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)