Kanadalik xonanda Alanis Morissett o‘g‘rilar qurboniga aylandi. Noma’lum kimsalar 42 yoshli qo‘shiqchining Los-Anjeles yaqinidagi Brentvud shaharchasida joylashgan dang‘illama hovlisidan 2 million dollarga teng qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irladi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Xabarda qayd etilishicha, politsiya jinoyatchilarni izlamoqda. Morissett turmush o‘rtog‘i Mario Tredvey hamda 6 yoshli o‘g‘li Ever va 6 oylik qizi Oniks bilan qo‘riqlanadigan yopiq qishloqda istiqomat qiladi. Jinoyatchilar xonandaning uyiga qanday kirib qolgani hozircha noma’lum.
O‘g‘rilik 9-fevral kuni amalga oshirilgan, ammo bu haqdagi xabar yaqindagina paydo bo‘ldi. Noxush voqeaga qaramay, xonanda xafa emas, u 14-fevral – Valentin kunini turmush o‘rtog‘i bilan plyajda o‘tkazgan.
Qayd etish joiz, Alanis Morissett taqinchoqlar kolleksiya qilish bilan ham tanilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)