• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12500.01
    • RUB151.96
    • EUR14471.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Xonanda Rayhon: Oilam hazil-mutoyiba uchun mavzu bo‘lishini istamayman

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon 20—24-fevral kunlari “Istiqlol” san’at saroyida navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Konsert arafasida jurnalist Feruz Muhammad xonandaning ijodiy faoliyati, shou-biznes yangiliklariga munosabati va shaxsiy hayoti haqida Rayhon bilan suhbatlashdi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — Sizningcha kim ko‘proq reklamaga pul sarflaydi — Sizmi yoki Lola, Shahzoda, Munisa Rizayevami?— Men boshqa san’atkorlarni muhokama qilmayman va reklama qancha turishini ham bilmayman. Men ijod odamiman, ijod bilan shug‘ullanaman. Sahna bezaklari, musiqiy materiallar, vokal, raqslar, liboslar, ekran uchun videotasvirlar, harakatlar ketma-ketligini birga o‘ylab topamiz. Konsert — mashaqqatli mehnat talab etadigan jarayon.

    — Hech qanday reklamasiz necha yil muxlislarning yodidan chiqmaslik mumkin deb o‘ylaysiz?— Ijodiy jarayonni reklamasiz qancha ushlab turish mumkin? Menimcha, barcha san’atkorlar yanada faol ijod qilish orqaligina “ijoddagi umrlari”ni uzaytirishi mumkin. Masalan, aksariyat marhum san’atkorlar aynan o‘z ijodi bilan hali ham hayot. Shu tufayli, san’atkor va reklama — boshqa-boshqa qutblardagi tushunchalardir.

    — Davlat telekanallarida deyarli ko‘rinish bermaysiz, lekin ularni ham kuzatib borasizmi yoki kuzatuvingiz “Mening yurtim”, “Milliy TV” bilan cheklanganmi?— Hozir televizor ko‘rishga deyarli vaqtim yo‘q. Imkon bo‘lsa, “Milliy TV”ni kuzatib boraman.

    — O‘z vaqtida kinoda ham rol o‘ynagan edingiz. Sizni yana kinoda ko‘rishimiz mumkinmi?— Mening asosiy kasbim — xonandalik, undan ortsam, aktrisalik qilishim mumkin. Lekin hozircha bunga vaqt yo‘q.

    — “Million”, “Dizayn” va boshqa kulgu jamoalari o‘z hazil-chiqishlarida siz va Yigitali mavzusiga ko‘p bora murojaat qilgan. Bu holat, balki, Siz va Farhod Alimovga nisbatan ham davom etishi mumkin. Bu hazillarga qanday munosabatdasiz?— Mening oilam hazil mavzusi bo‘lishini istamayman.

    — “Istiqlol” san’at saroyida 10 martadan ortiq konsert bergansiz. Qaysi biri eng qiyin bo‘lgan va qiyinchilik nimadan iborat edi?— Bo‘lajak konsertim, Xudo xohlasa, hisob bo‘yicha 14-yakkaxon dasturim. Har bir konsert mashaqqatli, unisi yo bunisi oson yoki qiyin bo‘ldi, deb bo‘lmaydi. Bariga ulkan tayyorgarlik ko‘riladi. Jismoniy va ruhiy jihatdan og‘ir jarayon. Aslida, bu sening bir yillik ijoding taqdimoti. Aynan yakkaxon konsertida san’atkor o‘zini to‘la namoyon etishi mumkin. Qo‘shiq bir epizod bo‘lsa, konsertda sen butun qobiliyatingni — aktyorlik mahoratidan tortib vokal, raqsgacha ko‘rsatishing, ularni uyg‘unlashtira olishing kerak.

    — So‘nggi ikki yillikda kimlarning konsertiga, haqiqatdan muxlis bo‘lib, bilet sotib olib kirdingiz?— Hamkasb do‘stlarim konsertlariga doim boraman. Shu kunlarda Filipp Kirkorov konsertiga bormoqchiman.

    — Siz katta umid bog‘lagan, katta pul sarflagan, ammo natijasiz tugagan ijod mahsullaringiz bo‘lganmi?— Har qanday qo‘shiqqa juda ko‘p kuch va mablag‘ sarf bo‘ladi. Har qanday qo‘shiqqa ruhingni baxsh etasan. U xit bo‘ladimi yoki yo‘q — bunisi Xudodan. Men o‘zimdan talab qilinganini bajaraman, uyog‘i taqdirga havola.

    — Konsertingiz haqiqatdan ham ajoyib o‘tadi. Har bir qadam, hatto olinadigan nafas ham xuddi oldindan puxta o‘ylangandek. Bitta dasturga qancha vaqt tayyorgralik ko‘rasiz?— G‘oya bir yil davomida shakllantiriladi. Tayyorgarlikka esa yarim yil ketadi.

    — Nima deb o‘ylaysiz, konsert qo‘yish va ko‘p kunlik konsert berish ham qandaydir reytingni belgilab beradimi? Agar belgilab bersa, endi Ozodbek Nazarbekovning reytingi tushib ketadimi?— Ozodbek akaning reytingiga keladigan bo‘lsak, buni muhokama qilmayman. Konsert kunlari reytingga umuman ta’sir qilmaydi. Konsert saviyasi, sifati, sen nima bera olishingdan, nima kuylayotganingdan, harakatlaringdan reyting paydo bo‘ladi. Menimcha, Ozodbek aka mamlakat musiqa madaniyatiga o‘zining shunday salmoqli hissasini qo‘shdiki, hech narsa, hatto konsert kunlari ham ahamiyatga ega emas.

    — Yana necha yil konsert dasturingizni taqdim qilishingiz mumkin? Kun kelib Shahzoda singari yetti kun, Ozodbek Nazarbekov kabi 21—25 kunlab konsert berishingiz mumkinmi?— Yana takrorlayman — men boshqa san’atkorlarni muhokama qilmayman. Konsertim kunlarini o‘zim xohlaganimdek, kuchimdan kelib chiqib belgilayman. Men konsertga borimni beraman, jismonan tiklanib olishimni hisobga olib, besh kun konsert qo‘ymoqchiman.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    13.02.2017, 23:25   Izoh (0)   49954
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kseronusxa: Nemischa pechenye reklamasidan “ilhom olgan” Shahzoda va Shohruxxon

    12.02.2017, 17:29

    “Menga nisbatan juda ham nohaqlik qilyapsiz”. Dilnoza Kubayeva Instagram’dagi “Dilnoza Kubayeva”larga murojaat qildi (video)

    12.02.2017, 15:57

    Gulsanam Mamazoitova: Yulduz Usmonova bilan biron marta suhbatlashmaganmiz

    09.02.2017, 15:00

    Timati 10 yildan beri Qozog‘istondagi jarima maydonida saqlanayotgan Audi avtomobilini sotib, pulini bolalar uyiga berishlarini so‘radi

    06.02.2017, 15:25

    Shahzoda: “Rayhon bilan do‘stligimizni endi qaytarib bo‘lmaydi”

    06.02.2017, 11:27

    Xonanda Shahzoda birinchi turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishi sabablariga oydinlik kiritdi

    05.02.2017, 17:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand Kambodjaning 18 nafar harbiy xizmatchisini asirga oldi

    Dunyo | 29 iyul, 23:55

    Braziliyalik keksa ayol ChatGPT’ni sevib qolganini ma’lum qildi

    Dunyo | 29 iyul, 23:40

    “Isroil G‘azodagi siyosatini o‘zgartirmasa, London sentyabrda Falastinni tan olishga tayyor” — Buyuk Britaniya bosh vaziri

    Dunyo | 29 iyul, 23:25

    UFC reytingi yangilandi: o‘zbekistonlik sportchi Bogdan Guskov 3 pog‘ona yuqoriladi

    Sport | 29 iyul, 23:10

    Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 23:10

    O‘zbekistonda 75 foiz korrupsiyaviy jinoyatlar maishiy shaklda sodir etilayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 22:47

    O‘zbekistonda Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti ochiladi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.