Aktrisa Dilnoza Kubayeva “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.
Suhbat davomida aktrisa Instagram ijtimoiy tarmog‘ida uning nomidan soxta akkaunt ochganlarga murojaat qildi.
Instagram’da faol ketayotgan hurmatli “Dilnoza Kubayeva”lar! Bu mavzu haqida ko‘p gapirdim. Mayli, sizlarni xafa qilmayman, agar shu narsa bilan xursand bo‘layotgan bo‘lsangiz, davom etavering, nima ham derdim.Lekin meni nomimdan gapirib, kimlarnidir tabriklab, u insonlarni oldida meni g‘alati ko‘rsatib qo‘yish kerak emas, deb o‘ylayman. Bu ish musulmonchilikka ham to‘g‘ri kelmaydi, bu ish bilan Xudoning oldida ham menga nisbatan nohaqlik qilyapsiz. Bir insonning ko‘nglini og‘ritish qanchalik yomon ekanligini o‘ylab ish qilsangiz, menimcha, yaxshi bo‘lardi.
Dilnoza Kubayeva, aktrisa
Dilnoza Kubayeva bilan eksklyuziv intervyuning to‘lig‘ini quyida tomosha qilishingiz mumkin. Aktrisa suhbat davomida kinoda kamnamoligi sabablari, yosh aktrisalarni nima uchun qizg‘anishi, hayotidagi unutilmas kunlar, birinchi va oxirgi muhabbati va boshqa mavzular haqida to‘xtalib o‘tgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)