• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bankda naqd pul bo‘lmasa, bankomatdan nima naf?”. “Xolis tadqiqotchi” O‘zbekistondagi naqd pul muammosi sabablari va uni bartaraf etish yo‘llarini sanadi

    O‘zbekistonning 2017—2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi jamoatchilik muhokamalariga bag‘ishlangan yanvardagi media-haftalik vaqtida Markaziy bank vakillari tomonidan naqd pul muammosini bartaraf etish bo‘yicha turli tashabbuslar e’lon qilindi. Xususan, Markaziy bank pul muomalasi departamenti xodimi Faxriddin Boboyev 2017-yilda mamlakat bo‘ylab 1000 ta bankomat o‘rnatilishi, respublikadagi “barcha savdo va xizmat ko‘rsatish punktlari terminallar bilan tez orada jihozlanishi”ni aytib o‘tdi.

    Mavzuga doir: Markaziy bank plastik kartadan naqd pul yechib olish masalasini hal qilishga va’da berdi

    “Shunda naqd pul olish borasida shov-shuvlar yuzaga kelmaydi”, — dedi Faxriddin Boboyev. 2-fevral kuni esa O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev pensiyalarni to‘liq, stipendiyalarning esa kamida yarmini naqd shaklda berishni nazarda tutuvchi qarorni qabul qildi. Qarorda “Prezident Virtual qabulxonasiga ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar o‘z vaqtida to‘lanmayotgani, to‘lov terminallari va bank apparatlari tizimi yetarli darajada rivojlanmagan holda to‘lovlar plastik kartochkalarga asossiz ravishda o‘tkazilayotgani to‘g‘risida ko‘plab murojaatlar kelib tushayotgani” alohida ko‘rsatib o‘tilgan edi.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev pensiyalarni to‘liq, stipendiyalarning esa kamida yarmini naqd shaklda berish haqida qaror qabul qildi. Asosiy ma’lumotlar

    Prezidentning shov-shuvlarga sabab bo‘lgan qarori, bank tizimi xodimlarining balandparvoz tashabbuslari naqd pul muammosi haqiqatan ham mavjudligi va dolzarbligini ochiq ko‘rsatdi. Bu shov-shuvlar atrofidagi muhokamalar esa tinayotgani yo‘q. Jumladan, “Diydor aziz” nashrida ismi oshkor etilmagan “Xolis tadqiqotchi”ning e’tiborga molik maqolasi e’lon qilindi. U muammoning o‘zini, kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni alohida sanab chiqqan.

    Foto: UzDaily

    Foto: UzDaily

    Muammo

    Bugungi kunda O‘zbekistonda naqd pulning to‘lov qobiliyati (u yoki bu tovar yoki xizmatlarni sotib olish imkoniyati) naqd bo‘lmagan pul — korxonalarning yoki fuqarolar bank hisobvaraqlaridagi/plastik kartalardagi mablag‘lariga nisbatan yuqoriroq; “xolis tadqiqotchi”ning qayd etishicha, “o‘rta hisobda bu tafovut 15—30 foizni tashkil qiladi”.

    “Shunday ekan, har qanday holatda, har qanday savdo munosabatlarida naqd pul naqdsiz pulga nisbatan ustuvorroq, kuchliroq va, demak, ma’qulroq deb qaralmoqda”, — deb yozadi “xolis tadqiqotchi”.

    Muammoning sabablari

    “Xolis tadqiqotchi” muammoning sabablarini fuqarolar va tadbirkorlar uchun alohida-alohida ko‘rib chiqishni taklif qiladi. Xo‘sh, fuqarolar nima uchun naqdsiz puldan ko‘ra naqd pulni ma’qul ko‘radi?

    1. Turli tovarlar, ayniqsa, maishiy texnika, mebel kabi qimmatbaho tovarlarni naqd pulga arzonroq sotib olish mumkin (holat javobi — sabablarning tadbirkorlar bilan bog‘liq qismida).

    2. Jamg‘armalarni saqlash uchun, “xolis tadqiqotchi”ning fikricha, eng maqbul va deyarli yagona yo‘l — milliy valyuta (so‘m)ni erkin konvertatsiya qilinadigan valyuta (dollar, yevro va h.k.)ga ayirboshlash bo‘lib qolgan. “Chunki valyutani saqlash oson — hajmi kichik, zarur vaqtda darhol to‘lov uchun foydalansa bo‘ladi, eng asosiysi, valyuta kursining oydan-oyga, yildan-yilga oshib borishi jamg‘armalarni inflyatsiyadan qisman bo‘lsa-da saqlash imkonini beradi”, — deb yozadi “xolis tadqiqotchi”.

    “Diydor aziz” muallifining alohida qayd etishicha, “o‘ta yuqori foizli bank omonatlari ham, yana o‘sha naqdlashtirish muammosining mavjudligi, pulni bankdan qaytarib olishda uning 15—20 foizini yo‘qotish xavfli tufayli, valyutaga nisbatan raqobatga chidamaydi”.

    Darhaqiqat, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasiga tushgan bir necha yuz minglab shikoyatlarning yetarlicha katta qismini bankka omonatga naqd pul qo‘yib, so‘ng uni naqd ko‘rinishda qaytarib ololmaslik holatlari tashkil etadi.

    Savdo aylanmasi millionlab, milliardlab so‘mni tashkil etadigan tadbirkorlar-chi, ular nima uchun naqd pulni ma’qul ko‘radi? Axir shuncha naqd pulni tashishdan ko‘ra, uni bank orqali o‘tkazgan maqbul emasmi? “Xolis tadqiqotchi” yana tushuntiradi:

    1. Turli tovarlar, ayniqsa, xalq iste’moli mollari, shuningdek, xom ashyo, uskunalar, ehtiyot qismlar va boshqa zarur tovarlarni import qilish uchun chet el valyutasini “qora bozor”dan sotib olishga majbur. Sababi — davlat kursidagi chet el valyutasi tanqis, “bozor kursi”da esa valyutani sotib olishning qonuniy asoslari yo‘qligi uchun tadbirkor valyutani “qora bozor”dan faqat naqd pulga sotib olishga majbur.

    “Shuning uchun nafaqat savdo sohasi, hatto ishlab chiqarish sohasida ham naqd pul tushumlarini tashkil qilishga katta e’tibor qaratiladi. Bu e’tibor, o‘z navbatida, xaridor (vositachilar, do‘konlar va aholi) uchun naqd pul to‘lovi vaqtida qo‘shimcha imtiyozlarni keltirib chiqaradi (sabablarning fuqarolar uchun mo‘ljallangan qismidagi birinchi band javobi).

    2. Sotilayotgan tovarlarning muayyan miqdorini tegishli tartibda soliq va bojxona hisobidan o‘tkazmay, noqonuniy sotish holatlari (“soyaki iqtisodiyot”). “Bunday tovarlar uchun to‘lov faqat naqd ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin”, — deb yozadi “xolis tadqiqotchi”.

    3. Turli tekshiruvchi va boshqa mutasaddi tashkilot vakillari bilan “muomala qilish” uchun naqd pul kerak.

    Foto: Dilshod Sharipov / “Daryo”

    Foto: Dilshod Sharipov / “Daryo”

    Sabablarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar

    Fuqarolar tomonidan naqdga pulga ehtiyojni kamaytirish uchun mana shu ikki sababni bartaraf etish lozim:

    — sotuvchilar tomonidan naqd pulga moyillikni bartaraf qilish orqali savdo munosabatlarida naqd va naqdsiz to‘lovlarning haqiqiy tengligi uchun iqtisodiy asos yaratish (ma’muriy choralar necha yildirki naf bermayapti);— aholi jamg‘armalari uchun chet el valyutasidan boshqa, naqdlashtirish muammosidan xoli yangi instrumentlar yaratish (masalan, qimmatbaho metallar, obligatsiyalar va h.k.).

    Tadbirkorlar tomonidan naqd pulga ehtiyojni kamaytirish uchun mana shu uch sababni bartaraf etish lozim:

    — yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar uchun chet el valyutasini erkin kursda, bankdan pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib olish imkoniyatini yaratish (bu yo‘nalishda muayyan ishlar boshlangani haqida xabarlar mavjud);— “soyaki iqtisodiyot”, ya’ni, hisobga olinmagan tovarlar savdosi hajmini kamaytirish yo‘lida ham ma’muriy, ham iqtisodiy choralar ko‘rish;— korrupsiyaga qarshi kurash, “muomala”larga barham berish.

    “Diydor aziz”ning “Xolis tadqiqotchi”si

    “Diydor aziz” muallifining alohida qayd etishicha, shu vazifalarni kompleks ravishda hal etmasdan turib, naqd va naqdsiz pullar o‘rtasidagi tafovut va shu tafovutga asoslangan muammoni hal qilib bo‘lmaydi.
    Bank kassasida naqd pul bo‘lmasa, bankomat o‘rnatgan bilan nima foyda? Tadbirkor terminaldan to‘lov o‘tkazishda manfaatdor bo‘lmasa, terminalni unga tekinga bersangiz ham befoyda, demak, ijara narxini kamaytirgan bilan hech narsa o‘zgarmaydi.

    Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida ta’kidlaganlaridek, yangi qonunlar, normativ hujjatlar yaratilayotganda ularning sifatiga ko‘proq e’tibor berilsa — yuzma-yuzaki populistik choralar emas, masalani chuqurroq o‘rganish natijasida muammoning negizini tugatishga intilinsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

    “Diydor aziz”ning “Xolis tadqiqotchisi”

    “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

    15.02.2017, 19:53   Izoh (0)   67949
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xalq deputatlari Boyovut va Quyi Chirchiq tuman kengashlari sessiyalarida hududlardagi holat tanqidiy ko‘rib chiqildi

    15.02.2017, 17:33

    O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

    15.02.2017, 16:20

    Deputatlar va senatorlar Ishtixonda ichimlik suvi ta’minoti, G‘allaorolda esa tibbiy xizmat ko‘rsatishdagi muammolarga e’tibor qaratdi

    15.02.2017, 15:56

    10 nafar TATU talabasi Sankt-Peterburg Davlat telekommunikatsiyalar universiteti qishki maktabiga yuborildi

    15.02.2017, 13:25

    Shavkat Mirziyoyev aprelda Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifini amalga oshiradi

    15.02.2017, 12:28

    Uzcard kartalari egalari SMS-xabarnomalar kechikib borishi ehtimoli haqida ogohlantirildi

    15.02.2017, 11:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qo‘qon shahrida aliment to‘lamay yurgan onadan qarzdorlik sud orqali undirildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:55

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 8 avgust, 18:00

    Tarvuz va qovun kabi poliz ekinlari kichik yoshdagi bolalar uchun qanchalik xavfli?

    Farzand | 8 avgust, 17:40

    Charlz Oliveyra Topuriya bilan jangdagi mag‘lubiyatini tan oldi: “U mendan yaxshiroq edi”

    Sport | 8 avgust, 17:30

    Xitoyda chivin tarqatayotgan virus Tayvanda ham aniqlandi

    Dunyo | 8 avgust, 17:20

    “Yig‘laganini ham eshitmabman”. Marg‘ilonda yosh bolani Gentra’da bosib ketgan haydovchiga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:08

    Oliygoh bitiruvchisini ishga olgan korxonaga imtiyozli kredit berilishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:05

    O‘zbekistonda beshta oliygohga kirolmagan talabgor oltinchisiga qabul qilinishi mumkin

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.