Soliq to‘lovchilar bilan bevosita aloqada bo‘lish orqali ularni o‘ylantirayotgan masalalarni hal etishda davlat soliq xizmati organlarida o‘rnatilgan “Ishonch telefonlari”ning uzluksiz ishlashi yo‘lga qo‘yilgani ayni muddao bo‘lmoqda, deya xabar bermoqda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati.
Jumladan, 2017-yil 1-fevral holatiga davlat soliq xizmati organlarining “Ishonch telefonlari”ga qilingan fuqarolarning murojaatlari asosida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 12 ta holatda jami 7,8 million so‘m miqdorida nazorat-kassa mashinasiga kirim qilmaslik aniqlangan.
Shuningdek, 47 ta holatda tegishli hujjatlarsiz mahsulotlar sotish va xizmatlar ko‘rsatish hamda 2 ta boshqa soliq qonunlarini buzish holatlari aniqlanib, aybdorlarga nisbatan tegishli choralar belgilandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)