O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga safari davomda Respublika kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga qarashli “Termiz marvaridi sanatoriyasi”da amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Uchqizil suv ombori bo‘yidagi bahavo hududda joylashgan 140 o‘rinli ushbu sihatgohda bemorlar fizioterapiya va ma’danli suv, qum va quyosh nurlari orqali davolanadi.
Bugungi kunda 80 o‘rinli sihatgoh binosi to‘liq rekonstruksiya qilindi. Keyingi bosqichda 60 o‘rinli yangi bino qurish va uni zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash, qozonxonalarni modernizatsiyalash, hududda bolalar maydonchasi, futbol, voleybol, basketbol, qo‘l to‘pi va boshqa sport turlari bilan shug‘ullanishga mo‘ljallangan stadion va maydonchalar barpo etish rejalashtirilgan.
“Davlatimiz rahbari mutasaddilarga mazkur hududda dam olish kompleksi qurish bo‘yicha zarur topshiriqlar berdi”, — deyiladi O‘zA axborotida.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)