O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 7—10-fevral kunlari rasmiy tashrif bilan Kuvayt davlatida bo‘ladi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Tashrif dasturidan Kuvayt bosh vaziri shayx Jobir al-Muborak al-Hamad as-Saboh, Kuvayt tashqi ishlar vaziri shayx Saboh al-Xolid al-Hamad as-Saboh, Kuvayt parlamenti raisi Marzuq Ali Muhammad al-G‘anim bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.
O‘zbekiston delegatsiyasi O‘zbekiston—Kuvayt biznes-forumi va boshqa qo‘shma tadbirlarda ham ishtirok etadi.
Tashrif damovida investitsiya, ta’lim va ilmiy tadqiqot sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)