3-fevral kuni soat 09:40 da A-373 “Toshkent—O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan 233 kilometrida hajmi 1000 metr kubgacha, soat 10:30 da 243 kilometrida hajmi 250 metr kubgacha qor ko‘chkisi sodir bo‘lgani sababli dovonda avtotrasport vositalarining harakati to‘xtatilgani haqida xabar berilgan edi.
4-fevral kuni FVV, MV, IIV YHXBB, “O‘zgidromet” markazi va “O‘zavtoyo‘l” AJ kuch va vositalari tomonidan Qamchiq dovonining xavfli qiyaliklaridagi qor qatlamlari tushirilib, avtomobil yo‘li qor ko‘chkilaridan tozalandi.
“O‘zgidromet” markazining 4-fevral kunidagi qor ko‘chkisi to‘g‘risidagi byulleteniga asosan, “Toshkent—O‘sh” avtomobil yo‘li Qamchiq dovonida joriy yilning 4-fevral kuni soat 12:00 dan avtotransport vositalarining ikki tomonlama harakati yo‘lga qo‘yildi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)