Isroil rahbariyati Iordan daryosining G‘arbiy sohilida yahudiy ko‘chmanchilari uchun yana uch mingta turar-joy qurilishiga ruxsat berdi. Bu haqda Isroil davlati bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Mudofaa vazirining G‘arbiy sohilda yana uch mingdan ortiq yangi turar-joy qurish haqidagi taklifini tasdiqladim.Bir hafta avval Netanyaxu va mamlakat mudofaa vaziri Avigdor Liberman Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi yahudiy manzilgohlarida 2,5 mingta turar-joy qurilishini ma’qullagan edi.Binyamin Netanyaxu, Isroil bosh vaziri
Bundan tashqari, avvalroq Isroil hukumati Sharqiy Quddusda 700 dan ortiq turar-joy barpo etilishini tasdiqlagandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)