iPhone Xitoyda so‘nggi besh yilda birinchi marta eng ko‘p sotiladigan smartfon maqomini boy berdi. Bu haqda, Counterpoint Research tahlil kompaniyasiga tayanib, Gizmochina xabar bermoqda.
Xitoyda 2016-yili smartfonlar sotuvidagi yetakchilikni 17 million dona sotilgan Oppo R9 egalladi (mahalliy bozorning 4 foizi). iPhone esa 12 million dona qurilma sotgan (2 foiz).
Tahlilchilar qayd etishicha, o‘tgan yili Xitoyda smartfonlar savdosi o‘zining tarixiy maksimumiga yetgan.
Xitoyning asosiy smartfon ishlab chiqaruvchilari — Oppo, Vivo va Huawei’ning sotuv hajmi mos ravishda 100, 78 va 21 foizga o‘sgan.
Apple va Xiaomi ko‘rsatkichlari esa, aksincha, 21 va 22 foizga pasaygan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)