Angliya kubogining 1/16 finali “Yunayted” uchun omadli keldi va klub o‘z maydonida quyi liga vakiliga imkoniyat qoldirmadi.
“Yunayted”ni qabul qilib olishi bilan Bastian Shvaynshtaygerni keraksiz futbolchilar safiga qo‘shib qo‘ygan Joze Mourinyo kubok o‘yinida germaniyalik futbolchiga imkoniyat berdi. O‘z navbatida Bastian 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
29-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinlardan keyin Premyer-liganing “Xall Siti” va “Uotford” kabi klublari Angliya kubogini tark etdi. Avvalroq “Liverpul”ga chiqish eshiklari ko‘rsatib qo‘yilgandi.
Angliya kubogi 1/16 final 29-yanvar, yakshanba
Izoh (0)