Suriya hukumat kuchlari tomonidan 2016-yilning dekabrida egallangan Aleppo shahrida so‘nggi besh yilda birinchi marta futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Shahardagi futbol stadionida “Al-Ittihod” va “Al-Hurriya” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. O‘yin xavfsizlik choralari kuchaytirilgan bir sharoitda o‘tkazildi. Ishqibozlar hayqiriqlar va bayroqlar bilan jamoalarni qo‘llab-quvvatlab turishdi.
O‘yin “Al-Ittihod”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.
Aleppo o‘tgan yilning dekabr oyida muxolifatning qurollangan guruhlari tomonidan tozalanib, Suriya hukumat kuchlari tomonidan egallangan edi. Suriyadagi qurolli nizo 2011-yil martidan beri davom etmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)