O‘zbekiston dunyo hamjamiyati bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida ikkita “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Javlon Vahobov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Sinxua”.
Javlon Vahobovning so‘zlariga ko‘ra, birinchi “yo‘l xaritasi” xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy-diplomatik sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga mas’ul bo‘ladi, ikkinchisi esa savdo-iqtisodiy, investitsion-moliyaviy, ilm-fan va ta’lim sohalarida aniq tadbirlar amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
“Ushbu hujjatlar hukumat qarori sifatida qabul qilinishi kutilmoqda”, — dedi TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)