Finlyandiyadagi Arctic Snow Hotel mehmonxonasi 1,5 mingta arizani ko‘rib chiqdi va shimol yog‘dusi kuzatuvchisi ish o‘rniga nomzodni tanladi. Uning vazifasiga tungi osmonni kuzatish va kurort mehmonlarini shimol yog‘dusi paydo bo‘lishi haqidagi alomatlardan ogohlantirish kiradi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Shuningdek, kuzatuvchi ekskursiyachi, yo‘qolgan buyumlarni izlash va mehmonlarni SPA-hududiga olib borish vazifalarini bajaradi.
Ish o‘rni uchun tushgan arizalarning asosiy qismi xorijlik fuqarolardan kelgan, biroq ishga 24 yoshli Finlyandiya fuqarosi, hududni va shimol yog‘dusi hodisasini yaxshi biladigan, Matti Kayan qabul qilingan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)