Xitoy o‘zida ishlab chiqarilgan Dongfeng-41 qit’alararo ballistik raketalarini Rossiya bilan chegarasi yaqinidagi Xeylunszyan provinsiyasida joylashtirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Internetning mamlakatdagi segmentida yangi raketa komplekslari fotolari biroz oldinroq chop etildi. Harbiy ekspertlar bu ikkinchi Dongfeng-41 strategik raketa brigadasi ekanligi va u shimoli-sharqiy Xitoyda joylashtirilganini bildirmoqda.
Fotolarning chop etilishi AQSh prezidenti Donald Tramp lavozimga kirishishi va “yagona Xitoy” siyosati haqidagi fitna qo‘zg‘atuvchi bayonotlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)