Rossiyaning “Megafon” mobil operatori aksiyadorlari navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishda Alisher Usmonovning USM xoldingi tarkibiga kiruvchi kompaniyalardan Mail.ru Group aksiyalarining sotib olinishini ma’qulladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Rossiya Federal aksilmonopol xizmati 11-yanvar kuni “Megafon”dan mazkur aktivlar xaridiga oid talabnoma oldi. Xizmat rahbari Igor Artemyev muassasa ushbu kelishuvda hozircha hech qanday muammolar ko‘rmayotganini bildirdi. Xizmat talabnomani bir oy muddatda ko‘rib chiqadi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yil dekabrida “Megafon” direktorlar kengashi Mail.ru Group aksiyalarining 63,8 foizini 740 million dollar evaziga xarid qilinishini ma’qullagandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)