Futbol bo‘yicha Argentina terma jamoasi va “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi “Real” yetakchisi Krishtianu Ronalduga bo‘lgan munosabati haqida so‘zlab berdi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
Argentinalik 29 yoshli futbolchi Ronalduni hurmat qilishini aytib, futbolda uzoq yillar davomida uni nima ilhomlantirishini ma’lum qildi.
Ronaldu bilan bir-birimizni hurmat qilamiz. U ko‘plab yutuqlarga erishgan buyuk futbolchi. Klub va mamlakat termasi uchun mukofot yutish meni ilhomlantiradi. Shuning uchun avvalgi muvaffaqiyatlarimga qaramayman. Balki bu ishni faoliyatimni yakunlagach qilaman. Ammo ayni vaqtda faqat olg‘a yurib, yangi g‘alabalarga intilaman.Avvalroq portugaliyalik 31 yoshli futbolchi Messi bilan do‘st emasligini, ammo ular o‘rtasida o‘zaro hurmat bor ekanini aytgandi.Lionel Messi, “Barselona” hujumchisi
Messi bilan yaqin do‘st emasmiz, ammo bir-birimizni hurmat qilamiz. Matbuot oramizda katta raqobat borligini ko‘rsatishga urinmoqda, biroq unday emas. O‘zaro hurmatimiz bor.Krishtianu Ronaldu, “Real” hujumchisi
Shuningdek, FIFA talqini bo‘yicha 2016-yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimidan keyin portugaliyalik hujumchi Messining telefon raqamiga ega emasligini aytgandi. Ronaldu The Best mukofotiga ega chiqqandi, taqdimot marosimiga kelmagan Messi esa uni tabriklamagan edi.
Messidan SMS oldimmi? Hazillashyapsizmi? Menda uning telefon raqami yo‘q. Men uni odamlar qarshisida tabriklaganman. U taqdimotga kelmadi. Tadbirda ishtirok etmay turib kimnidir tabriklash qiyin. U “Oltin to‘p” mukofotlarini yutganida, uni tabriklaganman. Bu safar esa u kelmadi.Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.Krishtianu Ronaldu, “Real” hujumchisi
Izoh (0)