Madridning “Real” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFA talqini bo‘yicha 2016-yilning eng yaxshilarini aniqlash marosimiga “Barselona” futbolchilarining tashrif buyurmagani yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi, deya xabar bermoqda “Sports.ru”.

Foto: Getty

Foto: Getty

Messidan SMS oldimmi? Hazillashyapsizmi? Menda uning telefon raqami yo‘q. Men uni odamlar qarshisida tabriklaganman. U taqdimotga kelmadi. Tadbirda ishtirok etmay turib kimnidir tabriklash qiyin. U “Oltin to‘p” mukofotlarini yutganida, uni tabriklaganman. Bu safar esa u kelmadi.

Krishtianu Ronaldu, futbolchi

“Oltin to‘p—2015” taqdimot marosimi. Foto: Getty

“Oltin to‘p—2015” taqdimot marosimi.
Foto: Getty

“Barselona”ning barcha futbolchilari taqdimotga kelishini istagandim. Ularni muhim o‘yin kutib turganini tushunib turibman, lekin ular shu yerda bo‘lishini xohlagandim. Men klub istagan ishni bajaraman. Masalan, “Oltin to‘p” taqdimotining barchasida ishtirok etganman. Men faqatgina nomzod bo‘lsam ham, kelishda davom etaman.

Krishtianu Ronaldu, futbolchi

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli futbolchi FIFA tomonidan ta’sis etilgan yangi – The Best mukofotiga loyiq deb topilgandi.

Foto: Mirror

Foto: Mirror

Ma’lumot uchun, “Barselona” futbolchilari “Atletik Bilbao”ga qarshi Ispaniya Kubogi 1/8 final javob o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida FIFA taqdimotiga bormagan. Dastlabki o‘yinda kataloniyaliklar 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi. Javob o‘yini 12-yanvarga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:15 da boshlanadi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.