Yaponiyaning Kagosima prefekturasidagi Utinomura koinot markazidan SS-520-4 raketa tashuvchisining uchirilishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda mamlakat aerokosmik agentligi (JAXA) mutaxassislari ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Qurilma parvoz qilganidan biroz o‘tib dengizga quladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikkinchi bosqichda yoqilg‘i o‘t olmagan. Avvaliga raketa uchirilishi 11-yanvarga mo‘ljallangan, biroq noqulay ob-havo tufayli qoldirilgandi.
Ma’lumot uchun, SS-520-4 orbitaga sun’iy yo‘ldoshni olib chiqishga qodir dunyoda eng kichik raketa bo‘lib, uning balandligi atigi 9,5, diametri 0,5 metr bo‘lib, og‘irligi 2,6 tonna.
Izoh (0)